Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

Jumladan, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirg‘izistonga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi
Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Xususan, u yerda Cobalt, Onix va Tracker rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yig‘iladi.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi
Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, o‘rnatildi.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ushbu loyihalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.