Tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi

Tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Soʻnggi yillarda tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Olmazor tumanidagi 17 ta koʻchadan oʻtgan 7,3 kilometr uzunlikdagi yoʻlni gastronomik koʻchaga aylantirish loyihasi ma'qullandi. Ushbu koʻchada 250 ta savdo va servis ob'ektlari tashkil qilinib, kamida 1,5 ming ish oʻrni yaratiladi.

Poytaxtdagi yana 26 ta koʻchani tunu-kun ishlaydigan gavjum koʻchaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini 1 mingtaga koʻpaytirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi ta'kidlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.