Oʻzbekiston Pokistonga asal eksport qilishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston Pokistonga asal eksport qilishni rejalashtirmoqda
© Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
Oʻzbekiston asal va asalarichilik mahsulotlarini Pokistonga eksport qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Pokistonga asal eksport qilishni rejalashtirmoqda
© Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
Qayd etilishicha, Savdo-sanoat palatasi va “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi Pokistonning “Adam Tradi” va “Marhaba” asal mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini koʻzdan kechirishdi.
Oʻzbekiston Pokistonga asal eksport qilishni rejalashtirmoqda
© Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
Tashrif doirasida asal mahsulotini etishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Muzokaralarda Oʻzbekistonda asal mahsulotlarining etarli zaxirasi mavjudligi va uni eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
“Birinchi bosqichda 5 tonna, keyinchalik esa bosqichma bosqich 20 tonnadan asal va asalarichilik mahsulotlarini Pokistonga eksport qilish masalalari koʻrib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston Pokistonga asal eksport qilishni rejalashtirmoqda
© Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
Oʻzbekiston Pokistonga asal eksport qilishni rejalashtirmoqda
© Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
Oʻzbekiston delegatsiyasi korxonalarning ishlab chiqarish korxonalari va laboratoriyalarida boʻlib, jarayonlarni yaqindan kuzatishdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.