Temu marketpleysi O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Temu marketpleysi O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Temu marketpleysi yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq O‘zbekistonda Temu platformasidan foydalanish 2025 yil 20 martdan boshlab cheklanishi haqida xabar berilgandi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi bilan elektron tijorat operatorlari, xususan, elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.