NVIDIA kapitalizatsiyasi $4 trlnni oshdi

Amerikalik grafik protsessor ishlab chiqaruvchi NVIDIA tarixda ilk marta kapitalizatsiyasini $4 trilliondan oshirdi, deb RBC.ru xabar berdi.
Ushbu natija bilan NVIDIA dunyodagi eng qimmat ochiq aksiyadorlik kompaniyasiga aylandi. TradingView ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya bozor qiymati bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.
NASDAQ birjasida 9 iyul kuni soat 16:48 da NVIDIA (NVDA) aksiyalari 2,76% ga oshib, $164,41 ga yetdi va kompaniya umumiy qiymati $4,02 trillionga yetdi.
Reuters agentligi yozishicha, kompaniya aksiyalariga talab sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqish fonida keskin oshgan. Aksiyalar aprel oyidagi minimumdan beri 74% ga oshgan.
Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan import bojlari haqidagi yangiliklar bozorda salbiy kayfiyat yaratgan bo‘lsa-da, so‘nggi vaqtlarda AQSh va savdo hamkorlari o‘rtasidagi kelishuvlar aksiyalar narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu natija bilan NVIDIA dunyodagi eng qimmat ochiq aksiyadorlik kompaniyasiga aylandi. TradingView ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya bozor qiymati bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.
NASDAQ birjasida 9 iyul kuni soat 16:48 da NVIDIA (NVDA) aksiyalari 2,76% ga oshib, $164,41 ga yetdi va kompaniya umumiy qiymati $4,02 trillionga yetdi.
Reuters agentligi yozishicha, kompaniya aksiyalariga talab sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqish fonida keskin oshgan. Aksiyalar aprel oyidagi minimumdan beri 74% ga oshgan.
Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan import bojlari haqidagi yangiliklar bozorda salbiy kayfiyat yaratgan bo‘lsa-da, so‘nggi vaqtlarda AQSh va savdo hamkorlari o‘rtasidagi kelishuvlar aksiyalar narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











