LinkedIn kompaniyasi lynda.com’ni 1,5 mlrd dollar evaziga sotib oladi

LinkedIn kompaniyasi lynda.com’ni 1,5 mlrd dollar evaziga sotib oladi
LinkedIn kompaniyasi lynda.com’ni 1,5 mlrd dollar evaziga sotib oladi

Kasbiy muloqotlar uchun yaratilgan dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri LinkedIn lynda.com ta’lim portali bilan 1,5 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar berilgan.

Bu savdo 2015 yilning ikkinchi kvartalida amalga oshirilishi aytilgan. Aniqlik kiritilishicha, kompaniya kelishuvda nazarda tutilgan pulning 52 foizini naqd, 48 fozini esa, aksiyalar orqali to‘laydi.

Ma’lumot uchun, 2013 yildayoq LinkedIn’da ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 200 mln kishidan oshgan edi.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.