Oltin narxlari yangi rekordni yangiladi

Oltin narxlari yangi rekordni yangiladi

Bugun oltin narxlari troya untsiyasida 3 720 dollarni oshib, yangi rekordni yangiladi. Bu qimmatbaho metall uchun yangi tarixiy ko‘rsatkich hisoblanadi, deb yozmoqda Bankir telegram kanali.

O‘zbekiston uchun ham bu juda muhim. Mamlakat eksportining 36-37 foizi oltin hisobiga to‘g‘ri keladi. 2025 yilning 8 oyida 8,4 milliard dollarlik oltin sotildi, bu esa butun yilga nisbatan ancha ko‘p.

Shuningdek, O‘zbekiston yil davomida oltin sotishdan tushgan daromad bo‘yicha yangi rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ladi. Bu, albatta, 2025 yilda oltin narxlarining sezilarli oshishi sabab bo‘lgan.

Kutilmalar bo‘yicha, oltin 2026 yilga borib, 4 000 dollarni ko‘rsatishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.