Qozog‘iston prezidenti Binance asoschisini qabul qildi

Qozog‘iston prezidenti Binance asoschisini qabul qildi

Digital Bridge 2025 xalqaro forumi doirasida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Binance asoschisi Changpeng Zhao bilan uchrashdi, deb Blockchain Texno xabar berdi.

Toqayev Zhao’ning global kriptoindustriya va moliyaviy texnologiyalar ekotizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi. Uning ta’kidlashicha, Zhao yetakchiligidagi tashabbuslar Qozog‘istonda raqamli iqtisodiyot taraqqiyotida muhim o‘rin tutmoqda.

2022 yilda Qozog‘istonda Binance Lab negizida mintaqaviy kriptohub tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. Shundan beri mamlakatda blokcheyn va kriptotexnologiyalar sohasida ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.