9 fevral uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yil 9 fevral kuni uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dollar 23,68 so‘mga qimmatlab, 12 303,16 so‘mni tashkil etdi.
Yevro 0,32 so‘mga arzonlab, 14 507,89 so‘m bo‘ldi.
Rossiya rubli 0,51 so‘mga qimmatlab, 159,76 so‘mga yetdi.
Funt sterling 128,71 so‘mga arzonlab, 16 705,23 so‘mni tashkil qildi.
Yaponiya iyenasi 0,05 so‘mga arzonlab, 78,34 so‘m bo‘ldi.
Shveysariya franki 14,29 so‘mga arzonlab, 15 803,67 so‘mga tushdi.
Xitoy yuani 4,25 so‘mga qimmatlab, 1 773,07 so‘mni tashkil etdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











