O‘zbekistonda oltin qazib olish hajmi rekord darajaga ko‘tarildi

O‘zbekistonda oltin qazib olish hajmi rekord darajaga ko‘tarildi

Ma’lum qilinishicha, mustaqillikning dastlabki 25 yillik davrida oltin qazib olish hajmi 63 tonnadan 87 tonnaga, ya’ni 24 tonnaga o‘sgan bo‘lsa, so‘nggi to‘qqiz yilda bu ko‘rsatkich yana 31 tonnaga ko‘paydi.

Shuningdek, prezident O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar miqdorida xorijiy sarmoya kiritilganini ma’lum qildi.

Ushbu rivojlanish mamlakatning oltin ishlab chiqarish sohasidagi salohiyati va investitsiya imkoniyatlarini yanada kuchaytirdi. Bu esa iqtisodiyotdagi barqaror o‘sish va mamlakat qimmatbaho resurslarini samarali foydalanish uchun katta imkoniyat yaratadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.