Bitkoin kursi 4 ming dollardan oshib ketdi

Bitkoin kursi 4 ming dollardan oshib ketdi
Jahondagi eng mashhur kriptovalyuta — bitkoin tarixiy maksimumini yangiladi: uning kursi birinchi marta 4 ming dollardan, kapitalizasiyasi esa 67 milliard dollardan oshdi. Buni «CoinMarket.com» maydonchasidagi sotuvlar natijalari ko‘rsatmoqda, deb yozadi «Daryo» nashri.

Bitkoin kriptovalyutalar ichida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bir sutka ichida u 9,21 foizga qimmatlashdi.

Ikkinchi o‘rinda Ethereum (efir) nomli valyuta turibdi. Uning kursi ayni paytda 297 dollarni tashkil qilmoqda, kapitalizasiyasi esa 28 milliard dollarga yaqinlashmoqda.

Nihoyat, kriptovalyutalarning kuchli uchligiga Ripple yakun yasab beradi. Uning kapitalizasiyasi 6,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.