Turkmanistonda sabzavot narxi o‘smoqda


Turkmanistonda sabzavot narxi o‘smoqda. Bu haqda Ozod Evropa radiosi\'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Joriy yilning iyulidan sentyabrigacha bo‘lgan davrda Lebap viloyatining bozorlarida pomidor narxi 2 barobarga oshib ketgan.
Kartoshka, piyoz va boshqa mahsulotlarning narxi o‘rtacha 20-25 foizga oshgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili Annagurban Mammetdurdievning ta’kidlashicha, kelajakda bunday hollarning oldini olish maqsadida hukumat mahsulotni ichki vositalar bilan ishlab chiqarish va importni qisqartirishga harakat qilmoqda.
2016 yildan boshlab mamlakatda meva-sabzavot ekiladigan hududlarni har bir viloyatda 10 barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











