O‘zbekistonda dollar kursi 6,16 so‘mga pasaydi

O‘zbekistonda dollar kursi 6,16 so‘mga pasaydi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 3 oktyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi, deb xabar beradi O‘zA.

1 AQSh dollari o‘tgan hafta bilan taqqoslaganda 6,16 so‘mga pasayib, 8060,80 so‘mga teng bo‘ldi. AQSh dollari ketma-ket to‘rtinchi hafta pasaymoqda.

1 yevro 132,29 so‘mga pasayib, 9494,01 so‘mni tashkil etdi. 1 Rossiya rubli esa 3 oktyabrdan boshlab 139,91 so‘mga teng.

Xorijiy valyutalarning 3 oktyabrdan boshlab so‘mga nisbatan qiymati quyidagi rasmda keltirilgan.
O‘zbekistonda dollar kursi 6,16 so‘mga pasaydi

Manba: Daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.