iPhone X'ning zaryadsiz ishlash vaqti barcha smartfonlarni ortda qoldiradi

iPhone X'ning zaryadsiz ishlash vaqti barcha smartfonlarni ortda qoldiradi
iPhone X smartfonining Apple rasmiy saytida taqdim etilgan texnik xususiyatlari qurilmaning uzoq vaqt davomida avtonom ishlay olishidan dalolat bermoqda.

Ta’kidlash joizki, yangi iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlari bir martalik zaryaddan ishlash vaqti iPhone 7\'ning avtonom faoliyati bilan bir xil edi - 10 soat va 35 daqiqa. Apple\'ning yangi flagmani esa bu smartfonlardan bir necha soat ko‘proq ishlay oladi.

Gap shundaki, iPhone 8 1821 mAs sig‘imli batareyaga ega, iPhone X esa 2 716 mAs\'li akkumulyatorga ega.

Ta’kidlash joizki, iPhone X katta va yorqin displeyga ega bo‘lib, u katta miqdorda energiya iste’mol qiladi. Shu bois qurilmaning ishlash vaqti batareya sig‘imi oshishiga proporsional o‘smaydi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.