Dollarning rasmiy kursi tushdi

Dollarning rasmiy kursi tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 6 noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari kursi 10,50 so‘mga pasayib, 8067,62 so‘mga tushgan.

1 yevro esa 13,81 so‘mga arzonlagan - 9367,31 so‘m, 1 rubl 2,65 so‘mga arzonlab, 136,62 so‘mni tashkil etmoqda.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.