Qirg‘izistonning oltin-valyuta zaxirasi 1.92 mlrd dollarga ko‘paydi


Oktyabr oyining boshidan buyon Qirg‘izistonning oltin-valyuta zaxirasi 1.92 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligiga asoslanib Kun.uz xabar qildi.
Milliy bank raisi o‘rinbosari Nurbek Jengishning ta’kidlashicha, bu mablag‘ importni 4 oy mobaynida qo‘llab-quvvatlab turishga etarlidir.
Bank matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, yil boshidan buyon regulyator xorijiy valyutani sotish va sotib olish bo‘yicha 19 intervensiya o‘tkazdi. Ulardan 14tasi 225.1 mln dollarlik sotish operasiyalari bo‘lsa, qolgan 5tasi 44 mln dollarlik sotib olish operasiyalari edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.












