Alibaba «Bo‘ydoqlar kuni»ning dastlabki 10 soatida 8 mlrd dollar ishlab topdi

Alibaba «Bo‘ydoqlar kuni»ning dastlabki 10 soatida 8 mlrd dollar ishlab topdi
Alibaba «Bo‘ydoqlar kuni»ning dastlabki 10 soatida 8 mlrd dollar ishlab topdi

Xitoyning Alibaba kompaniyasi 11 noyabr — «Bo‘ydoqlar kuni»da atigi o‘n soat mobaynida 8 milliard dollar ishlab topdi. Bu haqda «Interfax»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Raqamlar o‘sishda davom etmoqda. Kunning birinchi yarmidan o‘tganda savdo-sotiq hajmi o‘tgan yilgi bayram ko‘rsatkichi — 9,3 milliarddan oshdi. Elektron savdo bozori uchun mazkur raqamlar rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq kompaniyaning xalqaro munosabatlar bo‘yicha vise-prezidenti Jeyms Uilkinson Alibaba «Bo‘ydoqlar kuni»da 10 milliard dollardan ziyod miqdordagi mahsulotlarni sotishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.