“Forbes” jurnali Alisher Usmonovni “Yilning eng yaxshi biznesmeni” deb topdi

“Forbes” jurnali Alisher Usmonovni “Yilning eng yaxshi biznesmeni” deb topdi
“Forbes” jurnali Alisher Usmonovni “Yilning eng yaxshi biznesmeni” deb topdi

“Forbes” jurnali Alisher Usmonovni “Muvaffaqiyat” nominasiyasida “2014 yilning eng yaxshi biznesmeni” deb topdi.

“Forbes”ning har yili bo‘ladigan “Yilning eng yaxshi biznesmeni” loyihasi g‘olib jurnal xodimlari o‘rtasidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Bunda asosiy e’tibor biznesmenlarning sarmoyadorlikdagi yutuqlariga beriladi.

“Forbes” Alisher Usmonovning “Apple” hamda “Facebook” aksiyalarini muvaffaqiyatli sotgani va “Alibaba”dagi ulushini oshirganini e’tiborga olgan.

Shuningdek, tahririyat biznesmenning xayriya ishlaridagi faolligini ham hisobga olgan.

“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, Alisher Usmanovning davlati 18,6 milliard dollarni tashkil qiladi. Biznesmen “USM Holdings”ning 48 foiz, “Metalloinvest”ning 100 foiz, “Megafon” operatorining 53,8 foiz, “Mail.ru Group”ning 58,1 foiz aksiyalariga egalik qiladi.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.