Oʻzbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etiladi

Oʻzbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etiladi
Foto: Huquqiy axborot kanali
Oʻzbekistonda kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi boʻyicha faoliyatga qimmatli qogʻozlar, birja va birjalar faoliyatiga oid qonunchilik tatbiq etilmaydi.

Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar Oʻzbekiston hududida shoʻba yoki boshqa turdagi tashkilotlarini ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.

Bunda ularning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalariga nisbatan valyutani tartibga solish haqidagi qonunchilikning normalari tatbiq etilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi, ulardan olingan daromad esa soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi.

Shuningdek, kripto-birjalar koʻrsatgan xizmatlari uchun mukofot, shu jumladan kripto-aktivlar olish hamda ularning mijozlardan undiriladigan miqdorini belgilash, shuningdek kripto-aktivlarni milliy va chet el valyutalari orqali tasarruf etish hamda boshqa kripto-aktivlarga almashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan birja kelishuvlarini tashkil qilish huquqiga ega boʻlishi belgilandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.