Standard & Poors O‘zbekistonning suveren reytingini e’lon qildi

Standard & Poors O‘zbekistonning suveren reytingini e’lon qildi
O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingi xalqaro Standard & Poors kompaniyasi tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli defolt reytingi \"BB-\" va qisqa muddatli defolt reytingi - \"B\" (barqaror) deb baholandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fitch Ratings O‘zbekistonning birinchi suveren reytingini e’lon qilgandi.

Fitch Ratings O‘zbekistonga xorijiy va milliy valyutada «BB-» darajasida uzoq muddatli reytinglar berdi. Prognoz - barqaror.

«O‘zbekistonning reytinglari yuqori xomashyo qaramligi, yuqori inflyatsiya hamda aholi jon boshiga past YaIM fonida ishonchli suveren muvozanat, davlat qarzining pastligi va o‘sish sur’atlarining tezligi bilan ajralib turadi», - deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.