2020 yil 1 yanvardan elektron hisobvaraq-fakturalardan majburiy tartibda foydalaniladi

2020 yil 1 yanvardan elektron hisobvaraq-fakturalardan majburiy tartibda foydalaniladi
Vazirlar Mahkamasi 25 iyunda «O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida\"gi 522-son qarorni qabul qildi. Unga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar elektron hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirishlari shart, deya xabar qildi Norma.uz.

DSQ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida 2018 yil noyabr — 2019 yil iyun oylarida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) rasmiylashtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazdi. Uning natijalari ma’qullanib, hukumat qarori bilan:
  • 2019 yil 1 iyuldan boshlab EHFdan foydalanish ixtiyoriy, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa majburiy ekanligi belgilandi;
  • DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» davlat unitar korxonasi elektron hujjatlarni markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va hisobini yuritish bo‘yicha vakolatli rouming operatori etib belgilandi;
  • O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1-ilova) tasdiqlandi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26 iyundan kuchga kirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.