O‘zbekiston 9 oyda 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qildi

O‘zbekiston 9 oyda 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qildi
2020 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 19,8 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 13,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 mln. AQSH dollariga (7,9 mlrd. dona atirgulga) oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p atirgul eksport qilgan davlatlar:

Qirg‘iz Respublikasi – 19,5 mln.
Rossiya – 135,8 ming
Qozog‘iston – 120,7 ming
Tojikiston – 60,5 ming
Turkiya – 8,9 ming AQSH dollari.

Andijon (32,3 %) va Namangan (22,1 %) viloyatlari respublikadagi jami atirgul eksportida 55 % ulushga ega.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 9 oyida hududlar orasida Andijon viloyati eng ko‘p ya’ni, qiymati 6,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,8 mlrd. dona atirgul eksport qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.