Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi
Markaziy bank 17 noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,56 so‘mga ko‘tarilib, 10 740,80 so‘mni tashkil qildi. Yevro 72,12 so‘mga pastlab, 12 203,70 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi
Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng 15,82 so‘mga pastlab, 10 721,24 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 15 noyabr kuni dollar kursi birinchi marta 10 790 so‘mgacha ko‘tarilgandi.

Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda dollar kursi 2022 yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.