Eski namunadagi kupyuralar bo‘yicha izoh berildi

Eski namunadagi kupyuralar bo‘yicha izoh berildi
Markaziy bank avvalroq yangi namunadagi 100 ming va 50 ming so‘mlik pullar shu yilning 22 dekabridan muomalaga chiqarilishini ma’lum qilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, eski namunadagi 100 ming va 50 ming so‘mlik ham ishlatilaveradi, ya’ni 2017 yil va 2019 yil namunasidagi 50 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.

Shuningdek, yangi ko‘rinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.