Namanganda IIB xizmat mashinasiga urilgan Matiz ag‘darilib ketdi

Namanganda IIB xizmat mashinasiga urilgan Matiz ag‘darilib ketdi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 28 aprel kuni uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 15:30 larda To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 55-kilometrida sodir bo‘lgan. Lacetti avtomashina haydovchisi Chust—To‘raqo‘rg‘on tuman yo‘nalishida harakatlanib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, Matiz avtomashinaning orqa tomoniga borib urilgan. Oqibatda Matiz haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan viloyat IIB YHXBning xizmat avtomashinasining chap tomoniga borib urilib, ag‘darilib ketgan.

Hodisa vaqtida mashinada haydovchidan tashqari yana ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘lovchilar turli tan-jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.