Toshkentda endi yo‘lovchilar avtobusning old eshigidan chiqib, orqa eshigidan tushadi

Toshkentda endi yo‘lovchilar avtobusning old eshigidan chiqib, orqa eshigidan tushadi
Toshkent shahridagi jamoat transportlariga chiqish-tushishda yangicha tartib o‘rnatildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar qildi.

Qayd etilishicha, endilikda yo‘lovchilar avtobus (elektrobus) saloniga uning old eshigidan chiqadi. Haydovchining yonida o‘rnatilgan maxsus validator va qurilma orqali yo‘l haqi uchun to‘lovni amalga oshiradi. Shundan so‘ng salon ichkarisiga kiradi hamda transportdan tushayotganda orqa eshiklardan foydalanadi.

«Ushbu qoida yo‘lovchilarimizga qulaylik yaratish va transport madaniyatini shakllantirish maqsadida joriy etilmoqda», — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.