Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Samarqandga keldi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Samarqandga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 15 sentabr kuni Samarqandga keldi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aeroportda uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Samarqandga keldi
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Samarqandga keldi
Oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasiga kelib, birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi va qabriga gul qo‘ydi.

Turkiya yetakchisi tashrifi dasturida Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilyapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.