Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok O‘zbekistonga keldi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok O‘zbekistonga keldi
Foto: TIV
Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.

Aeroportda mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 1-2 noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Germaniya delegatsiyasi Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi yirik korxonalarga ham tashrif buyuradi, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.