«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda

«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
«Ummon» guruhi xonandasi Jasur Rafiqov 14 noyabr kuni 31 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi. Oʻzbek shou-biznesining bir qancha vakillari Instagram sahifasida marhum xonandani xotirlamoqda.

Aktyor Muhammadali Navroʻzov sahifasida «Ummon» guruhining sobiq xonandasi Jasur Rafiqov xotirasiga atab post qoldirdi.
«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
Foto: Instagram

Shuningdek, Muhammadali Nazroʻzov marhum doʻsti Jasur Rafiqov haqidagi xotiralarini yodga oldi.

«Yaxshi kundan esdalik. Eslaydigan yaxshi kunlarimiz juda ham koʻp edi, qiladigan ishlarimiz ham. Kechir, doʻstim, kech qoldim», — deb yozgan aktyor oʻz sahifasida.
«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
Foto: Instagram

«Million» kulgi jamoasi etakchisi Davron Kabulov marhum xonanda Jasur Rafiqov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va uning san'at yoʻlidagi eng yaxshi insonlardan biri boʻlganini ta'kidladi.
«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
Foto: Instagram

Instabloger Shahlo Alijonova ham sahifasida «Ummon» guruhining xonandasi Jasur Rafiqovga atalgan post qoldirdi. U shuningdek obunachilaridan marhum xonandani duo qilishlarini soʻradi.
«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
Foto: Instagram

Aktrisa Yulduz Rajabova «Ummon» guruhining marhum xonandasi Jasur Rafiqovni yodga oldi va bu guruhni juda yaxshi koʻrgani haqida muxlislariga gapirib berdi.
«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda Jasur Rafiqovni soʻnggi manzilga kuzatishgani aks etgan videolar tarqaldi.

Xonanda Sardor Rahimxon ham oʻz sahifasida hamkasbi Jasur Rafiqov bilan bogʻliq xotiralarini boʻlishdi.

«Aslida uni Alloh oʻziga chaqirgan edi. Jasurga kelgan ogʻir xastalik ham faqat uni yanada Allohga yaqin qildi va ishonchim komilki, juda koʻp goʻzal ibodat, yaxshi amallariga sabab boʻldi», — deb izoh qoldirgan xonanda.
«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
Foto: Instagram
Muqaddas Sa'dullaeva boshqa hamkasblari qatorida Jasur Rafiqovni duo qildi.
«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
Foto: Instagram

«Ummon» guruhining xonandasi Zohid Risqievning rafiqasi Kamola Ortiqova turmush oʻrtogʻining yaqin doʻsti, hamkasbi Jasur Rafiqov haqida post qoldirdi va muxlislaridan uning haqiga duo qilishlarini soʻradi.
«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
Foto: Instagram

Instabloger Kamola Oripova sahifasida marhum xonanda Jasur Rafiqovni koʻrishga borolmagani armon boʻlib qolganini, uni xotirasida har doim yaxshi inson sifatida yodga olishini aytdi.
«Aslida Alloh uni oʻziga chaqirgandi». Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda
Foto: Instagram
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.