“Aeroflot” Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

“Aeroflot” Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg—Toshkent va Sankt-Peterburg—Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgan edi. Uzbekistan Airports ushbu qatnovlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yo‘lovchi reysi 17 dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi parvoz 16 dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo reys 16 dekabrdan 20 dekabrga ko‘chirildi.

“Aeroflot” — Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Aeroflot guruhiga, shuningdek, “Rossiya” aviakompaniyasi va “Pobeda” loukoster aviakompaniyalari kiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.