Nemis sharhlovchisining e’tirofi: «Biz mundialga hamjinsbozlikni qo‘llagani keldik...»

Nemis sharhlovchisining e’tirofi: «Biz mundialga hamjinsbozlikni qo‘llagani keldik...»
Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatida qatnashayotgan nemis sharhlovchisi marokashlik futbolchilarning o‘yindan keyin ota-onalarini quchoqlab, o‘pishlari hamda maydonda duo, sajda qilishlariga e’tibor qaratgan.
Nemis sharhlovchisining e’tirofi: «Biz mundialga hamjinsbozlikni qo‘llagani keldik...»
«Biz hozirgi paytda G‘arb jamiyatida yaqin oilaviy rishtalarni ko‘rmayapmiz. Oila tushunchasi yo‘qolib bormoqda va biz faqat futbolchilarning ularning ota-onalari qariyalar uyida o‘tirganida modellar va ayollar bilan o‘pishayotganini ko‘rishimiz mumkin. Marokashning g‘alabalarida oilaning ma’naviy yordami katta rol o‘ynadi. Biz esa hamjinsbozlikni qo‘llab-quvvatlash uchun keldik va qo‘llarimiz bilan og‘zimizni yopdik».

Biz ularga futbol o‘ynashni o‘rgatgan edik, endi ular muvaffaqiyat qozonishdi va bizdan o‘zib ketishdi. Xuddi shunday biz ham ulardan axloq va oilaviy qadriyatlarni o‘rganishimiz kerak, shoyadki bir kun kelib biz ham futbolchilarimizning ota-onalarining peshonasidan o‘pishlarini ko‘rsak.
Nemis sharhlovchisining e’tirofi: «Biz mundialga hamjinsbozlikni qo‘llagani keldik...»
Islom - Marokashning davlat dini. Aholining 98,7 % musulmonlar, 1,1% xristianlar va 0,2 foizini yahudiylar tashkil etadi.

Shuni ham qo‘shimcha qilish lozimki, marokashliklar har bir o‘yindan oldin jamoaviy Fotiha surasini o‘qib, salavotlar aytishni odat qilib olishgan.

Marokashlik futbolchilar 1970 yilgi Jahon chempionatida ochko olgan Afrikaning ilk jamoasidir. Bundan tashqari, 1986 yilgi mundialda afrikaliklar orasida birinchi marta pley-offga chiqqan hamda bu yilgi Jahon chempionatida yarimfinaliga chiqqan Afrikaning ilk jamoasi bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.