Toshkentda avtobus haydovchisi yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgani uchun ishdan bo‘shatildi (video)

Toshkentda avtobus haydovchisi yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgani uchun ishdan bo‘shatildi (video)
Skrin: Telegram
Toshkent shahrida 23 dekabr kuni elektrobus haydovchisi yo‘lovchilarga qo‘pol munosabatda bo‘ldi. «Toshshahartransxizmat» axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat «1-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi saroy raqami 005, davlat raqami 01 719 OJA bo‘lgan, 81-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi B.S tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Yo‘lovchiga nisbatan muomala madaniyatiga rioya qilmagani va ichki tartib-qoidalarini buzgani uchun haydovchiga filial rahbariyati tomonidan qat’iy chora ko‘rilib, haydovchi B.S bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.


Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manziliga sog‘-omon yetkazib qo‘yish asosiy maqsad ekani, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.