Shohruhxon onasi topgan qizga uylanishini oshkor qildi

Shohruhxon onasi topgan qizga uylanishini oshkor qildi
Shohruhxon onasi topgan qizga uylanishini oshkor qildi

Keyingi paytda barcha muhlislarni qiziqtirayotgan savolga Shohruhxondan javob olishga harakat qildik...

- O‘zbek oilasida kelinni ona tanlaydi. Siz ham onangiz tanlagan qiz bilan oila qurgan bo‘larmidingiz?

- Chindan ham baribir onamlar tanlaydilar, ya’ni o‘zimiz topsak ham, uyga olib borib, ularga ko‘rsatib, tanishtiramiz-ku! Albatta, uydagilarning ham roziligi olinadi, hammaning fikrini, roziligini olamiz. Ammo, muhabbatni ham unutmaslik kerak, deb o‘ylayman!

- Onangizga kelinning qayerda o‘qishi, kasbi, mavqeyi, oilasi kabi ma’lumotlar qanchalik muhim? Chunki, o‘zbek oilasida baribir surishtirishlar bo‘ladi!

- Onamlar, “birinchi navbatda mehribon qiz bo‘lsin, seni yurakdan yaxshi ko‘rsin, umringni oxirigacha sen bilan birga bo‘ladigan inson bo‘lsin”, deydilar. Qolgani, menimcha, muhim emas!

- Aktrisa Asal Shodieva bilan fotosessiyangiz ham, bosilib qolgan ancha gap-co‘zlarni “jonlantirdi”!

- Oilaviy hayotda bo‘layotgan voqealar, hammani o‘z oilasida qolgani yaxshi, ommaga havola qilinmaydi!

Ko‘rib turganingizdek, Shohruhxon Asalga uylanayotganini oshkor ham, inkor ham etmayapti.

Eslatib o‘tamiz, xonandaning to‘yi 5 iyun kuni poytaxtimizdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tadi, deyiladi \"Darakchi\" nashrida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.