Toshkent viloyatida talonchilar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida talonchilar qo‘lga olindi
Toshkent viloyatida talonchilar qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar bo‘limiga shu shaharda istiqomat qiluchi 45 yoshli yoshli fuqaro murojaat qilib, ikki noma’llum shaxs 3-mikrorayon hududida Nokia rusumli qo‘l telefonini tortib olgani va o‘sha zahoti juftakni rostlagani haqida ma’lum qilgan. Bu haqda \"Darakchi\" nashri xabar qilmoqda.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu shaharda yashovchi 21 yoshli va 20 yoshli fuqarolar sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olingan.

Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.