Toshkentda 11 yoshli bolani poyezd vagoni ustida tok urdi (video)

Skrin: Telegram
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 11 yoshli bolani poyezd vagoni ustida yuqori kuchlanishli elektr toki urdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat 18 dekabr kuni soat 16:10 da sodir bo‘lgan. Bola buning oqibatida poyezd ustidan yerga yiqilib tushgan.
«Xabarga ko‘ra, Nurhayot temir yo‘l bekatidagi yuk vagonlarining ustiga chiqqan voyaga yetmagan o‘smir tok urishi oqibatida og‘ir tan jarohati olgan», — deydi mutasaddi inspektor Saidakbar Nurmuhammedov.
Mutaxassis Anvar Saidxo‘jayevning aytishicha, bola yerga yiqilib tushgach, temir yo‘lchilar unga birinchi tez yordamni ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Chilonzor tumanidagi 16-sonli shifoxonaga yotqizilgan.
«Markazimizga 18 dekabr kuni 11 yoshli o‘smir olib kelingan. Bemorning ahvoli juda og‘ir edi. Tananing 80 foizi kuygan. Hozirda uning ahvoli yaxshilangan va stabil holatda», — deydi kombustiologiya bo‘limi mudiri Sobir Shukurov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 11 yoshli bolani poyezd vagoni ustida yuqori kuchlanishli elektr toki urdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat 18 dekabr kuni soat 16:10 da sodir bo‘lgan. Bola buning oqibatida poyezd ustidan yerga yiqilib tushgan.
«Xabarga ko‘ra, Nurhayot temir yo‘l bekatidagi yuk vagonlarining ustiga chiqqan voyaga yetmagan o‘smir tok urishi oqibatida og‘ir tan jarohati olgan», — deydi mutasaddi inspektor Saidakbar Nurmuhammedov.
Mutaxassis Anvar Saidxo‘jayevning aytishicha, bola yerga yiqilib tushgach, temir yo‘lchilar unga birinchi tez yordamni ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Chilonzor tumanidagi 16-sonli shifoxonaga yotqizilgan.
«Markazimizga 18 dekabr kuni 11 yoshli o‘smir olib kelingan. Bemorning ahvoli juda og‘ir edi. Tananing 80 foizi kuygan. Hozirda uning ahvoli yaxshilangan va stabil holatda», — deydi kombustiologiya bo‘limi mudiri Sobir Shukurov.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













