Eng sog‘lom odamlar qayerda yashaydi?

Eng sog‘lom odamlar qayerda yashaydi?
Foto: Pritikin Longevity Center
CEOWORLD nashri eng sog‘lom mamlakatlar reytingini tuzdi.

Ekspertlar mamlakatlar aholisi salomatligi darajasini baholash uchun BMTning aholishunoslik bo‘limi, Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda The Lancet ilmiy nashri tadqiqotlari ma’lumotlaridan foydalanishdi.

CEOWORLD Italiyani aholisi eng sog‘lom mamlakat deb topdi. Singapur — ikkinchi, Islandiya — uchinchi o‘rinda.

Eng sog‘lom 10 mamlakat
Eng sog‘lom odamlar qayerda yashaydi?
Manba: CEOWORLD
Reytingda ayrim mamlakatlarning joylashuvi: Germaniya (14), BAA (18), Isroil (22), Qatar (29), Janubiy Koreya (30), Saudiya Arabistoni (38), AQSH (45), Turkiya (61).

O‘zbekiston — 73-o‘rinda. Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan Estoniya (44), Latviya (49), Litva (55), Moldova (59), Armaniston (67), Ozarbayjon (68), Belarus (69), Rossiya (71), Qozog‘iston (72)dan ortda, Gruziya (77), Tojikiston (86), Turkmaniston (89)dan oldindamiz.

O‘zbekistonning reytingdagi qo‘shnilari
Eng sog‘lom odamlar qayerda yashaydi?
Manba: CEOWORLD
100 mamlakat kiritilgan reytingda eng oxirgi davlat — Afrika janubida joylashgan Svazilend.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.