Britaniyada “arvoh” ko‘rinishidagi orangutan odamlarga tomosha ko‘rsatdi


Buyuk Britaniyadagi Tuaykross hayvonot bog‘ida ajoyib hodisa ro‘y berdi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Hayvonot bog‘idagi orangutanlardan biri yig‘ilganlarga o‘ziga xos tomosha ko‘rsatdi. Ustiga oq choyshab yopinib olgan maymuncha xuddi arvohlarga o‘xshab qoldi.

“Kanatda u yoqdan bu yoqqa yurayotgan orangutan tez-tez yopinchig‘ini to‘g‘irlab turgan. Bu esa yig‘ilganlarga zavq bag‘ishlagan”, deyiladi xabarda.
Orangutan ishtirokidagi videorolik internetda xit bo‘ldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













