Sirdaryoda firibgar «raygaz» xodimi ushlandi

Sirdaryoda gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan ma’lumotga ko‘ra, Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Sirdaryotumangaz» gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i M.K. jinoyat ustida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, u fuqaro M.R.ning ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 6,3 mln so‘m zarar aniqlanganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 1 mln so‘m talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan ma’lumotga ko‘ra, Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Sirdaryotumangaz» gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i M.K. jinoyat ustida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, u fuqaro M.R.ning ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 6,3 mln so‘m zarar aniqlanganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 1 mln so‘m talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













