Moskva metrosida terrorizmda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi


30 may kuni Moskva metrosining \"Petrovsko-Razumovskaya\" bekatida 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar beriladi \"Kun\" nashrida.
\"360\" telekanali manbasining ma’lum qilishicha, ushbu shaxs O‘zbekiston hukumati tomonidan konstitusion tuzumga tajovuz qilishda va terrorizmda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu shaxs O‘zbekiston respublikasi JKning 155 moddasi (\"Terrorizm\"), 159 moddaning uchinchi qismi (\"Konstitusiyaviy tuzumga tajovuz qilish\") va 244,2 moddaning birinchi qismi (\"O‘zbekistonda bo‘lish tartiblarini buzish\") bo‘yicha ayblangan.
Ayni vaqtda ushbu shaxs hibsda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston huquq-tartibot organlari uning qo‘lga olingani haqida xabardor qilingan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













