Jizzaxda bandlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Jizzaxda bandlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
Jizzaxda bandlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
Jizzax shahrida viloyat bandlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi pora bilan qo‘lga tushdi.
 
Xabarga ko‘ra, viloyat ichki ishlar boshqarmasiga Jizzax shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, kasb-hunarga o‘qitganlik to‘g‘risidagi sertifikat tayyorlab berish evaziga pora talab qilinayotganini ma’lum qilgan. Viloyat bandlik bosh boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelgan Sh.Sh. kasbga o‘qitish bo‘yicha sertifikat tayyorlab berish evaziga (IIBga ariza bilan murojaat qilgan) fuqarodan xizmatlari evaziga 400 dollar berishini talab qilgan.
 
Viloyat IIB mutasaddi xodimlari bilan kelishilgan holda tezkor tadbir o‘tkazilib, Sh.Sh. Mirzacho‘l tumani kasb-hunar markaziga tegishli mutaxassislik sertifikatini soxtalashtirgan holda 400 dollarga sotmoqchi bo‘lib, oldindan bir million 100 ming so‘mini – 100 dollar hisobida olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
 
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.