Qonni sotsa, sotib olsa bo‘ladimi? Donorlikning hukmi qanday?


CAVOL:
Hurmatli ustozlar, qon najosat bo‘lsa, uni sotish joiz emas bo‘lsa, donorlikning hukmi qanday? Ko‘p qon donorliklari bilishimizcha pul evaziga bo‘ladi. Shu ish orqali topilgan pul halol bo‘ladimi?
JAVOB:
Kishi o‘z qonini muhtoj bo‘lgan kishilarga sotishi joiz emas. Biroq yordam ko‘rsatish va odamlar hayotini saqlab qolish maqsadida ko‘ngilli ravishda qon berish joiz.
Lekin inson bepul qon topolmasa, zarurat uchun qon sotib olishi mumkin. Bunda qon sotib daromad qilgan kishi gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













