57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 7 nafar o‘zbekistonlik g‘olib bo‘ldi

1-6 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida kimyo bo‘yicha 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatidan 113 nafar ishtirokchi qatnashgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 7 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilar g‘olib va sovrindor bo‘lishgan. Ular 2ta oltin, 3ta kumush va 2ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.
1. Nazarov Azizbek – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – oltin medal.
2. Mahmudov Abdulloh – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi – oltin medal.
3. Dilmurodov Sohibjon – Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi – kumush medal.
4. Rahimov Daler – Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o‘quvchisi – kumush medal.
5. Karimov Azizbek – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o‘quvchisi – kumush medal.
6. Hafizov Azizbek – Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi – bronza medal.
7. Hakimova Shahzoda – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – bronza medal.
Ma’lumot uchun, Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonliklar hozirgacha jami 85 ta medal qo‘lga kiritgan. Ularning 8tasi oltin, 24tasi kumush va 53tasi bronza medal bo‘lgandi. Endi jami medallar 92taga yetdi.













