O‘zbekistonda Qatar fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadi


Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda Qatar fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadi.
Unga ko‘ra, “Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad as-Soniy 5—6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lishi xabar qilingan edi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













