Texasda ikki yuk poezdi to‘qnashib ketdi


AQShning Texas shtati hududida, Penhendl shahridan uzoq bo‘lmagan joyda ikki yuk poezdi to‘qnashib ketdi. Bu haqda guvohlarning ma’lumotiga asoslanib, Breaking 911 xabar tarqatdi deyiladi \"Kun\" nashrida.
Ushbu to‘qnashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan. Ayni vaqtda voqea joyiga qutqaruv xizmatlari xodimlari etib kelishgan.
Bu poezdlarning ikkisi ham BNSF kompaniyasiga tegishli ekani aniqlangan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













