Jizzaxda yo‘lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi

Jizzaxda yo‘lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi

Foto: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yo‘lovchi tashuvchi avtobus bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida videolavha tarqaldi. Viloyat YHXB ushbu YTH haqida ma’lumot berdi.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu hodisa 15 iyul kuni taxminan soat 13:00 larda Jizzax viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega Toshkent—Samarqand M39 avtomobil yo‘lining 997 kilometrida sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

Yutong yo‘lovchi tashuvchi avtobus o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan “ZIL-130” yuk avtomashinasi orqasiga urilgan.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan, transport vositalari texnik shikastlangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.