Yana bir vazir o‘rinbosari tuman hokimi darajasiga tushirildi

Yana bir vazir o‘rinbosari tuman hokimi darajasiga tushirildi

Viloyat hokimi o‘z so‘zida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari, bu borada yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarga to‘xtaldi.

Xususan, tumanda 15 ming aholi chetda, ish izlab, sarson bo‘lib yurgani ta’kidlandi. Hududda ish o‘rinlari yaratilayotgan bo‘lsa-da, Zangiotadek salohiyatli joyda vaziyat maqtanarli emasligi qayd etildi.

«Tumanda 93 ta g‘allachilik fermer xo‘jaligi bor. 29-30 sentner hosil bera olmay, 10 dan ortiq fermer rejani bajarmadi. Bu nima degan gap? Umuman, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari o‘z lavozimiga loyiqligini o‘rganish kerak. Zangiotada yer uvol bo‘layapti, yer sotishga mukkasidan ketgan hamma.

Maktab va maktabgacha ta’lim bugun davlat siyosati. Zangiotada bugun 5800 nafar bola uchun bog‘chada joy yo‘q, tumanda qamrov atigi 51,8 foizni tashkil etadi. Ta’limga mas’ul rahbarlar faoliyatiga deputatlar baho berishi lozim, deb o‘ylayman.

Umuman, tumanning barcha tashkilotlari rahbarlarining lavozimiga loyiq yoki loyiq emasligini jiddiy o‘ylab ko‘rish lozim.

Tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash mutlaqo qoniqarsiz. Bugun muddati o‘tib ketgan 100 dan ortiq murojaatlar bor. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha zanjir bor: arizani aylanib-aylanib mahalla raisiga yuborish odati paydo bo‘lgan.

Sobiq hokim Abduvahob Tamiqayev tajribali hokim edi. U kishi bilan turli yillarda yonma-yon ishladik. Biroq tuman iqtisodiyoti orqaga ketishida tuman faollarining roli katta deb o‘ylayman. Birikmaslik, bir yoqadan bosh chiqarmaslik yomon odat. Raqamlar ortida inson hayoti turganini unutishga haqimiz yo‘q», deya viloyat rahbarining so‘zlarini keltirgan hokimlik matbuot xizmati.

Yig‘ilishda Zoyir Mirzayev, shuningdek, tumanda yig‘ilib qolgan bir qator muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish borasidagi vazifalarga to‘xtaldi. Xususan, eksport rejasini to‘laqonli bajarish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi hududdagi qurilish obyektlari, bunda xususan, investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarda ishlar borishi ustidan qat’iyan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.