Toshkentda YTHga uchragan elektrobus yo‘lovchilari jarohatlandi

Toshkentda YTHga uchragan elektrobus yo‘lovchilari jarohatlandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

7 sentyabrda Bektemir tumanida harakatlanuvchi 13T-sonli elektrobus kunning kechki vaqtlarida beton ustunga urilgani, oqibatda esa avtobus ichidagi 5 nafar yo‘lovchi hamda haydovchi jarohatlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatiga ko‘ra, YTH 1-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi Yutong rusumli 13T-elektrobusi bilan yuzaga kelgan. O‘sha kuni avtobus 34−35 km/soat tezlikda ketayotgan bo‘lgan. Ikki yo‘nalishli harakat oqimida transport vositalarining 3 ta qator bo‘lib harakatlanishi elektrobusning yurishiga xalal bergan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni o‘ng tomonga burib yuborishi ortidan avtobus beton ustunga borib urilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda avtobus ichida 15−20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, shuning 5 nafari hamda haydovchi tan jarohati olgan. Yo‘lovchilar \"Shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi\" va \"Toshkent shahar 4-sonli klinik shifoxonasi\"ga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborilgan. Hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Avtobusga jiddiy texnik shikast yetgan.

Raqamlarga ko‘ra, oxirgi 7 oyda Toshkentda “Toshshahartransxizmat”ga qarashli avtobuslar ishtirokida 85 ta transport hodisasi kuzatilgan. Voqeada 98 nafar odam tan jarohati olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.