Peterburglik yigit samokatda Moskvaga qadar bordi


Sankt-peterburglik Aleksandr Rendakov 6 kun ichida Moskvadagi Qizil maydonga samokat orqali etib keldi. Bu haqda \"Kun\" nashri xabar bermoqda.
Rendakovning aytishicha, u bu masofani bir hafta davomida bosib o‘tishni mo‘ljallagan edi.
U bir kunda 120 km masofa yurgan. Eguliklarni yo‘ldagi do‘konlardan xarid qilgan. Uning hikoya qilishicha, mahalliy aholi vakillari uni mevalar bilan mehmon qilishgan. Rendakov o‘zi bilan eng zarur narsalar: chodir, to‘shak, issiq kurtka, dori qutichasini olgan. Uning yuklari jami 10 kilogrammni tashkil etgan.
U o‘z shahriga poezdda qaytishni mo‘ljallagan.
[media=https://youtu.be/QdocwerZPy8]
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













