Toshkentda mushuklar uchun “mehmonxona” qurildi

Toshkentda mushuklar uchun “mehmonxona” qurildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati 

Toshkent shahar Uchtepa tumanida mushuklar uchun mehmonxona qurildi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Uchtepa tumanida joylashgan “Vatan” mahallasida noodatiy mehmonxona qad rostladi. Ko‘ngillilar tashabbusi va mahalla aholisining roziligi bilan bunyod etilgan o‘ziga xos “mehmonxona” ko‘cha mushuklari uchun issiqqina boshpana vazifasini bajaradi.

Ushbu mushuklar mehmonxonasi Mushukkent loyihasi va Toshkent shahar IIBB himoyasida bo‘lib, mahallada yashovchi bolalarni jonivorlarga mehrli bo‘lishga o‘rgatadi.

O‘z navbatida, Mushukkent loyihasi, \'Vatan\' mahallasining aholisi va ko‘ngilli fuqarolarimizga mehrga muhtoj jonivorlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi uchun minnatdorlik bildiramiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.