Saida Mirziyoyeva AQSH davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSH davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashdi
\"\"
 
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva 

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSH davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘z sahifasida yozib qoldirdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda ta’lim, madaniyat, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash kabi sohalarda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilingan.

\"\"
 
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva 

Bugun AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdik.

Muloqot davomida ta’lim, madaniyat, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash kabi sohalarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildik. Shuningdek, O‘zbekistonda OAV faoliyati va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda inson huquqlari sohasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashdik”, — deya yozib qoldirgan Saida Mirziyoyeva.

\"\"
 
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.